Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq prezidenti kurdlar bilan muloqot olib borish zarurligini aytdi
Iroq tarkibida Kurdistonni faqatgina muloqot yo‘li bilan saqlab qolish mumkin, deb hisoblamoqda Iroq prezidenti Fuad Masum.
"Muloqot zarur, chunki Iroqdan ajralish sodir bo‘lsa ham, baribir muloqot zarur. Agar muammolar bo‘lsa, ular muloqot orqali hal qilinadi. Muloqot – bu asosiysi", deb aytgan Masum RIA “Novosti” axborot agentligiga bergan intervyusida.
Masumning ta'kidlashicha, markaziy hukumat va kurd muxtoriyati hukumati o‘rtasidagi birdamlikni "muloqot yo‘li" bilan saqlab qolish mumkin.
Masum Bag‘dod va kurdlar o‘rtasida vujudga keladigan ziddiyatlarga to‘xtalib, ularning sababi "neft va gaz siyosati masalalari" hisoblanishini aytdi.
"Bir nechta yechim mavjud, tomonlar muzokaralar stoli atrofiga o‘tirib, barcha savollarni muhokama qilishlari kerak. Biroq mustaqillik haqidagi gaplar boshqa, mustaqillik loyihasi esa boshqa masaladir", deb ta'kidlab o‘tdi Masum.
Mavzuga oid
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026
Iroqda Amerika samolyoti quladi
15:21 / 05.03.2026