Jamiyat | 21:03 / 28.03.2017
8598
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zini o‘zi boshqarish tizimidagi ortiqcha bo‘g‘inlar bartaraf etiladi

Bugun Toshkent shahar hokimiyatida "Mahalla" xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazilib, unda sohada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berildi. 

Tadbirda ishtirok etgan "Kun.uz" muxbirining xabar berishicha, mahalla fuqarolar yig‘inlarining mustaqilligini mustahkamlash, o‘zini o‘zi boshqarish tizimidagi ortiqcha bo‘g‘inlarni bartaraf etish maqsadida tarkibida mahallalar mavjud bo‘lgan shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarini mahalla fuqarolar yig‘inlariga aylantirish choralari ko‘rilmoqda. 

Ushbu dolzarb vazifalar joylarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzuridagi fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha komissiyalarning va 2016 yilda "Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi  to‘g‘risida"gi qonunning 12- hamda 14-moddalari asosida tuzilgan, fuqarolar yig‘ini raisi hamda maslahatchilarining keyingi saylovi e'lon qilingunga qadar faoliyat ko‘rsatadigan 9766 fuqarolar yig‘ini huzuridagi ishchi guruhlarning faol ishtirokida amalga oshiriladi. 

Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 3 fevraldagi "Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni asosida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman (shahar) ta'sis konferensiyalari o‘tkazishi belgilangan. 

Shu maqsadda joriy yilning 15 mart - 1 aprel kunlari Toshkent shahrida Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman kengashlarining ta'sis konferensiyasini o‘tkazish rejalashtirildi va yo‘lga qo‘yildi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid