Jamiyat | 20:01 / 29.03.2017
29819
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda chanqagan yovvoyi kobraga butilkada suv ichirishdi

Hindiston janubidagi Kayga qishlog‘i aholisi yovvoyi kobraga butilkadan suv ichirdi. Bu haqda Daily Mail xabar yozgan.

Ayni vaqtda ushbu hududda kuchli qurg‘oqchilik kuzatilmoqda. Uzunligi 3,5 metr bo‘lgan ilon odamlar orasiga suv izlab o‘rmalab kelgan. 

Unga suv bergan kishilar har ehtimolga qarshi himoya choralarini ko‘rishgan. Ammo kobra hech kimga tashlanmagan va xotirjamlik bilan suv ichgan. Uni keyinroq yovvoyi jonivorlarni himoya qilish markaziga jo‘natishgan.

Qirollik kobrasi yoki gamadriad — zaharli ilonlarning eng yirigi hisoblanadi. Bu turdagi sudraluvchilar Hindiston, Pokiston, Indoneziya va Filippin o‘rmonlarida yashaydi. U 30 yil atrofida umr ko‘radi.

Hindistonda qirollik kobrasi zahridan o‘lim topish holatlari ko‘p uchramaydi. Holbuki bu mamlakatda har yili boshqa turdagi ilonlar 50 ming kishining hayotiga zomin bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid