Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya qurolli kuchlari sonini oshirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat qurolli kuchlari sonini oshirish haqidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda huquqiy ma'lumot rasmiy saytida ma'lumot berildi.
Hujjatga ko‘ra, 2017 yil 1 iyuldan boshlab Rossiya qurolli kuchlari shtat birligi miqdori 1 mln 903 ming 51 kishi etib belgilanadi, ulardan 1 013 628 nafari harbiy xizmatchilardir.
2016 yilning iyulida Rossiya qurolli kuchlari shtat birligi miqdori 1 mln 885 ming 371 edi, ulardan roppa-rosa 1 mln. nafari harbiy xizmatchilar bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, yangi farmon 28 martdan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
18:52
Rossiya Qozog‘iston neftini Yevropaga yetkazib berishni to‘xtatadi
20:41 / 20.04.2026
Ukrainadagi urush robotlar va dronlar qarama-qarshiligiga aylanib bormoqda – OAV
18:48 / 20.04.2026
Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonliklar soni 4,8 mingdan oshdi – OAV
20:50 / 17.04.2026