Texnologiya | 08:19 / 30.03.2017
43646
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy S8 va S8+ rasman namoyish etildi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o‘zining yangi smartfonlari Galaxy S8 va S8+ mobil qurilmalarini rasman taqdim etdi, deb yozmoqda The Verge sayti.

Qurilma ekrani nostandart nisbatga: 18,5:9 va 2960x1440 piksel o‘lchamga ega. S8 ekranining diagonali 5,8 dyuymni tashkil etmoqda. S8+ smartfoniga 6,2 dyuymli ekran joylangan. Smartfonlar, shuningdek, 12 va 8 megapikselli asosiy hamda old kameralar bilan jihozlangan. Yangi Samsung telefonlarining o‘lchami asosiy raqobatchisi iPhone 7 va iPhone 7 Plus telefonlaridan ancha yirikligi ma'lum bo‘ldi. 

Unga o‘rnatilgan ichki xotira hajmi 64 Gbni, operativ xotira 8 Gbni tashkil etadi. Yangi modellarda Bixby ovozli yordamchisi qo‘llanilgan. U Apple kompaniyasining Siri xizmatiga o‘xshashdir.

Xabar qilinishicha, telefonlar AQSh bozorida 2017 yil 21 aprelda paydo bo‘ladi. Hozircha, uning narxi ham ma'lum qilingani yo‘q. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid