Jahon | 16:23 / 30.03.2017
11190
1 daqiqa o‘qiladi

O‘shda tiklab bo‘lmas holatga kelgan mashinalar paradi o‘tkazildi

Suratlar manbasi: centre1.com

Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi markaziy ko‘chada patrul militsiyasi xodimlari tomonidan butunlay tiklab bo‘lmas holatga kelgan mashinalar olib o‘tildi. 

Parad tashkilotchilari so‘zlariga ko‘ra, tadbirdan ko‘zlangan maqsad – yo‘l sharoitini barqarorlashtirish, YTH oldini olish va ular sonini kamaytirish.

Avvalroq O‘sh shahrida to‘rt nafar o‘smir avtomobil olib qochib, jiddiy falokatga uchrashgani haqida xabarlar tarqagandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yilning 1 yanvar-22 mart kunlari O‘sh viloyati hududida 118ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilib, ularda 201 nafar inson jarohatlandi.

Voyaga yetmagan bolalar ishtirokida esa 28ta YTH qayd etilgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid