Sport | 20:25 / 30.03.2017
30479
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2026’da konfederatsiyalarga nechtadan o‘rin ajratilishi rasman ma'lum qilindi

2026 yilgi jahon chempionatida Osiyodan 8ta terma jamoa ishtirok etadi. FIFA konfederatsiyalarga nechtadan o‘rin ajratilishini rasman ma'lum qilgan.

UYeFA - 16 terma jamoa;
AFK - 9 terma jamoa;
OFK - 8 terma jamoa;
KONMeBOL - 6 terma jamoa;
KONKAKAF - 6 terma jamoa;
Okeaniyaga - 1 terma jamoa.

Yana ikkita yo‘llanma pley-off orqali aniqlanadi. Turnir mezboni avtomatik ravishda yo‘llanmaga ega bo‘ladi, mezbon qaysi konfederatsiya a'zosi bo‘lsa, undan bir o‘rin kamayadi. Agar mezbonlar ikkita bo‘lsa, bu masala FIFA kengashi bilan maslahatlashiladi.

Ayni vaqtdagi tartibga ko‘ra, 32ta terma jamoa qatnashadigan JChda Afrikadan 5ta terma jamoa ishtirok etadi. Mundial ishtirokchilari sonini 2026 yildan 32tadan 48taga yetkazish haqidagi qaror o‘tgan yilning dekabrida FIFA kengashi tomonidan qabul qilingandi. Yangi formatdagi jahon birinchiligida ishtirokchilar 16ta guruh hosil qiladi va har bir guruhda 3tadan terma jamoa joy oladi. Guruhlardan birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan terma jamoalar keyingi bosqichga chiqadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid