Sport | 16:53 / 16.02.2017
8367
2 daqiqa o‘qiladi

Infantinoning yana bir taklifi: JCh-2026 har qachongidan boshqacha o‘tadi

FIFA prezidenti Janni Infantino ma'lum qildiki, tashkilot 2026 yilgi jahon chempionatini 3-4 davlat qabul qilishi bo‘yicha g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydi.

«2026 yilgi jahon chempionati bir vaqtning o‘zida 3-4 davlatda o‘tkazilishi mumkin. Bu davlatlarning har biri turnir uchun 3tadan 5tagacha stadion ajratishi mumkin. FIFA 2026 yilgi turnir uchun qo‘shma arizalarni qabul qiladi. Bu arizalar o‘zaro qo‘shni davlatlar tomonidan topshirilgani ma'qullanadi, bu turnirning o‘tkazilishini qulaylashtiruvchi omil bo‘ladi. Biz bunday tashabbusni rag‘batlantiramiz», - deya Infantinoning so‘zlarini keltirgan Reuters. 

Eslatib o‘tamiz, 2026 yildan JCh ishtirokchilari soni 48taga oshiriladi. 

Taxminlarga ko‘ra, 2026 yilgi JChda Yevropadan 16 terma jamoa ishtirok etadi. Afrika uchun - 9,5 (bir terma jamoa o‘tish o‘yinlarida qatnashadi), Osiyoga – 8,5, KONMeBOLga – 6,5, KONKAKAFga – 6,5, Okeaniyaga – bitta kvota ajratiladi. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid