Afrika futbol konfederatsiyasi 2026 yilgi JÇda 9 yoki 10ta kvotaga ega böladi. Bu haqda Mavritaniya poytaxti Nuakşotda ötkazilgan matbuot anjumani vaqtida FIFA prezidenti Janni Infantino ma'lum qilgan. Uning sözlari France Presse agentligi tomonidan keltirilgan.

FIFA rahbari jahon çempionati iştirokçilari sonini oşiriş  futbol rivojiga xizmat qilib, uşbu sport turiga kiritiladigan  investitsiyalar hajmini oşiradi.

"2026 yilgi jahon çempionatida iştirok etadigan 48 terma jamoadan 9ta yoki 10tasi Afrika vakillari böladi. Biz aynan kvotalarni taqsimlaş ustida işlamoqdamiz", - degan Infantino.

Ayni vaqtdagi tartibga köra, 32ta terma jamoa qatnaşadigan JÇda Afrikadan 5ta terma jamoa iştirok etadi. Mundial iştirokçilari sonini 2026 yildan 32tadan 48taga yetkaziş haqidagi qaror ötgan yilning dekabrida FIFA kengaşi tomonidan qabul qilingandi. Yangi formatdagi jahon birinçiligida iştirokçilar 16ta guruh hosil qiladi va har bir guruhda 3tadan terma jamoa joy oladi. Guruhlardan birinçi va ikkinçi örinlarni egallagan terma jamoalar keyingi bosqiçga çiqadi.

Kvotalarni taqsimlaş böyiça yakuniy qaror keyinroq ma'lum qilinadi. Hozirgi ma'lumotlarga köra, kvotalar taqsimoti quyidagiça böladi: Yevropa - 16 terma jamoa, Afrika - 9,5 (ötiş öyini ötkaziladi), Osiyo - 8,5, Şimoliy va Markaziy Amerika 6,5, Janubiy Amerika - 6,5, Okeaniya - 1.

Jahon çempionati iştirokçilari sonini köpaytiriş ğoyasini Infantino FIFA prezidentligiga saylanişidan 1 yil oldinroq taklif eta boşlagandi. Öşanda u iştirokçilar sonini 40taga yetkaziş haqida gapirardi, prezidentlikka saylangaç esa bu miqdor 48ta böldi.  2018 va 2022 yillarda Rossii va Qatarda ötkaziladigan mundiallarda iştirokçilar soni 32taligiça qoladi.

France Presse agentligi xabariga köra, FIFA formatni özgartiriş evaziga 3,54 mlrd örniga 4,18 mlrd dollar daromad körişni rejalaştirgan.