Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APLda mart oyining eng yaxshilari aniqlandi
Angliya premer-ligasining yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi murabbiyi nomlari ma'lum bo‘ldi.
Oy futbolchisi
«Everton» hujumchisi Romelu Lukaku Angliyada mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Belgiyalik futbolchi mart oyida APL doirasidagi uchrashuvlarda jami to‘rtta gol kiritgani uchun mazkur sovringa loyiq ko‘rildi.
Oyning eng yaxshisi bo‘lish uchun Lukakudan tashqari King («Bornmut»), Kante («Chelsi»), Dele Alli («Tottenhem»), Jyeymi Vardi («Lester») va Uilfrid Zaa («Kristal Pelas») ham mualliflik qilgandi.

Oy murabbiyi
«Bornmut» bosh murabbiyi Eddi Hau Angliya chempionatining mart oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Mart oyida «Bornmut» Hau qo‘l ostida uchta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, «Vest Hem» va «Suonsi» jamoalariga qarshi o‘yinlarda g‘alaba, «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda durang qayd etildi.
Hozirda «Bornmut» APLning 11-o‘rnida bormoqda.
Oy murabbiyi bo‘lish uchun Haudan tashqari Kreyg Shekspir («Lester»), Sem Ellardays («Kristal Pelas»), Antonio Konte («Chelsi»), Maurisio Pochettino («Tottenhem») va Yurgen Klopp («Liverpul») ham da'vogarlik qilishgandi.

Mavzuga oid
23:06 / 09.12.2025
Holand dunyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatida Yamalga yetib oldi
16:41 / 04.09.2025
Yozning asosiy 10 transferi
17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
23:12 / 27.04.2025