AQŞning Xyuston şahrida JÇ–2026 guruh bosqiçi doirasida Germaniya va Kyurasao jamoalari örtasida bölib ötgan uçraşuv vaqtida Advokatning yoşi 78 yoş 260 kunga teng böldi.

Advokat Çexiya terma jamoasi boş murabbiyi Miroslav Koubekning 74 yoş 283 kunlik natijasini ortda qoldirdi. Bu körsatkiç JÇ–2026da Çexiya va Janubiy Koreya jamoalari örtasidagi bahsda qayd etilgandi.

Niderlandiyalik mutaxassis 2006–2009 yillarda «Zenit» klubini boşqarib, Rossiya çempionati va Superkubogini, şuningdek, UYeFA Kubogi hamda UYeFA Superkubogini qölga kiritgan. 2010–2012 yillarda Rossiya milliy jamoasi boş murabbiyi bölib işlagan.

Faoliyati davomida Advokat «Xarlem», PSV, «Reyndjyers», «Borussiya» (Myonxengladbax), AZ, «Sanderlend», «Fenerbaxçe», «Sparta», «Utrext», «Den Xag» klublarini, şuningdek Niderlandiya, Janubiy Koreya, BAA, Belgiya, Serbiya va Iroq milliy jamoalarini ham boşqargan.

Dik Advokat Kyurasao jamoasiga 2024 yil yanvardan buyon murabbiylik qilib kelmoqda va jamoani tarixda ilk bor jahon çempionatiga olib çiqdi.

Jamoa JÇ-2026 doirasida Germaniyaga qarşi bölib ötgan 1-tur bahsida 7:1 hisobida mağlubiyatga uçradi. Kyurasao FIFA reytingida 82-örinda joylaşgan.