Fotojamlanma: Sony World Photography Awards 2017 fototanlovi g‘oliblari
2017 yilning Sony World Photography Awards tadbirida Jahon fotografiya tashkiloti tomonidan uyushtirilgan Ochiq va Milliy tanlovlar g‘oliblari aniqlandi. Fototanlovda 183 mamlakatdan 227 596 ta surat ishtirok etdi. InsiderPro g‘oliblar va sovrindorlarning ba'zi ishlari hamda mualliflarning izohlari bilan bo‘lishdi.
«Serqatlam aysberg», Josslin Kornu
2016 yilning martida men tadqiqotchi Robert Svon rahbarligi ostidagi ekspeditsiya tarkibida Antarktika yarimoroliga yo‘l oldim. Janubiy kenglikning 66-paralleliga ketaverishda bizning kemamiz qachonlardir Larsen muzligining bir qismi bo‘lgan 30 metrli aysberglar orasida sassiz harakatlanardi. Biz gigant labirintlarga tutashib ketgan g‘aroyib muz dahlizlar bo‘ylab harakatlanar edik - manzara chiroyli edi, lekin juda qo‘rqinchli.
Men global isish asoratlarini dunyoga ko‘rsatishni lozim deb topdim. Bu muzli simfoniyani turli rakurslardan olishga harakat qildim. Mukammal surat uchun qulay fursatni kutish kerak.
«Ehtiyotkor», Jonatan Banista
Surat 2016 yilning 12 iyunida dala ishlari paytida olingan - iguana kichik irmoq yonida muhrlangan.
«Mavjudman», Yelena Yankovich
Ushbu surat - bugungi kunda selfi madaniyati bizning mavjudligimizni to‘la qamrab olayotgani haqidagi eslatma. Bu insonning o‘zi, qiziqishlari va sayohatlari to‘g‘risida so‘zlashning asosiy vositasiga aylandi. Surat Pul (Xorvatiya)da Massive Attack guruhining konsertida olingan.
«Jannat— bu kutubxona», Lui Pina
Surat 2016 yilning 28 fevralida Germaniyaning Shtutgart kutubxonasida tushirilgan. Bu kutubxona menga juda ham yoqadi, chunki u biror boshqa bir kutubxonaga o‘xshamaydi - butunlay o‘zgacha muhit. Bunday yengil zamonaviy interer bor diqqatni o‘qishga qaratishga yordam beradi.
«Matilda», Aleksandr Vinogradov
«Leon» filmi asosida. Model: Anastasiya Marinina.
«Taychi», Tszyango Gun
2016 yil, 10 dekabr. Xubey provinsiyasidagi Yantszi daryosi qirg‘og‘idagi Uxan shahri. Suratda 1300 nafar kishi bir vaqtning o‘zida taytszitsyuan bilan shug‘ullanmoqda.
«Royning shoxobchasida», Ralf Graf
Roy's — Amboy (Kaliforniya) yo‘l chetidagi qahvaxona, shoxobcha va motel. Surat "Yo‘l chetidagi Amerika" turkumiga kiradi, u afsonaviy 66-shosse bo‘ylab harakatlangan vaqtda olingan.
«Orokuelik Vendi», Xuan Kristobal Kobo
Vendi Daniela Rivas Orokue (Kolumbiya)dagi uyi derazasidan qarayapti, 2016 yilning 20 noyabri
«Darbadar», Xenrik Mandla
Surat 2016 yilgi noyabrdagi tumanli tunda Tarvastu (Estoniya)da olingan.
«Delfinlar ovida», Yevgeniy Kitsios
Atlantikaning olachipor delfinlari qum malkalarini ovlashmoqda. Delfinlar exolokatsiya tufayli hatto niqoblangan va ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan o‘ljalarini ham izlab topa oladi. Bu surat 2016 yilning noyabrida Bahama orollarida olingan.
«Transport», Mustafo Hindiy
Men bu fotoni o‘tgan yilning sentabrida Abu-Dabida olganman. Devordagi surat mening e'tiborimni tortdi - unda BAAning o‘tmishdagi madaniyati aks etgan. Men o‘g‘limga o‘zining sevimli an'anaviy libosini kiyintirib, bu yerga mashinada o‘ynashga olib keldim. Surat BAAning kuchli taraqqiyoti ifodasidir.
«Osmon shu'lasi», Piter Svoboda
Bu surat 2016 yilning sentabrida Italiyaning Alpida Santa-Maddalena qishlog‘ida olingan. Mayin tonggi shu'la va namlik suratda ajoyib nur-soya o‘yinini aks ettirgan.
«Personaj», Mett Lans Draper
Surat Tonga Qirolligidagi Vavau orollar zanjiri qirg‘oqlarida olingan. Har yili bukri kitlar minglab kilometrlarga, sovuq okeanlardan uzoqroqqa, Tinch okeani janubidagi iliq tropik suvlarga ko‘chib o‘tishadi. Bu "bolakay" o‘z fe'l-atvori bilan shu qadar ajralib turardiki, darhol mening diqqatimni tortdi. Men uni bir hafta davomida kunma-kun kuzatib bordim va nihoyat uning tabiatini ochib beruvchi shu suratni olishga muvaffaq bo‘ldim.
«Beton aylana», Tim Kornbill
Biz ayolim bilan quyoshli yoz mavsumida Berlinga bordik va Shpreye daryosi bo‘ylab sayr qilishga qaror qildik. Tez orada biz katta beton inshoot yonidan chiqdik - uning tuzilishi va ko‘lami meni hayron qoldirdi. Men daryoning narigi tomoniga joylashib, suratga olish uchun qulay fursatni kutdim. U yerda bir juftlik va velosipedchi paydo bo‘ldi - men ularni bir suratda muhrladim.
«Los-Anjyeles, 2016», Syon Djon Li
Ko‘cha surati
«Sirli orol», Ales Krivech
Qordan keyingi qahraton tong: nihoyat ob-havo menga mukammal shart-sharoit yaratdi. Sokin ko‘l, binafsharang-pushti ranglar jilosi, daraxtlarda qor va sirli tuman - manzarali surat uchun ayni muddao.
«Oy shu'lasi», Uilson Li
Yaponiyaning Avadzi oroli tunda.
«Sapsan va uning o‘ljasi», Markus Varesvuo
Men bir juft sapsan qo‘nim topgan botqoqlikda s'yomka qilayotgandim. Suratda katta yoshli lochin endigina o‘ljani - turuxtan qushini qo‘lga kiritgan va uni o‘z uyasidagi bolalariga olib ketmoqda.
«Qochish», Muhammad Alnazir
«Girlyandlar», Karolis Yanulis
Bir kuni kech kuzda men San-Agustin (yoki Maspalomas) sohili bo‘ylab sayr qilayotgan edim. Kutilmaganda Atlantika okeani to‘lqinlari aks ettirgan qiziq manzaraning ustidan chiqdim. Men havodan buning qanday ko‘rinishini tasavvur qildim-da, dronimni olish uchun qaytdim. Sohildagi to‘lqinlar shakli girlyandlarni yodimga soldi.
«Oq issiqxona», Leyla Emektar
Fermadagi ishchi.
«Uyqudagi go‘zal», Deveni Nishanta Manxula
2016 yilning sentabrida biz Nakuruning Milliy parkidagi foto-ov davomida daraxtdagi bu sherni ko‘rib qoldik. Ob-havo u qadar yaxshi emasdi, shu bois men yorug‘lik ketib qolmasidan bu holatni muhrlashga shoshildim.
«Kinofilmda barchasini aktyor bajaradi. Kamera esa bunda unga yordam beradi» (Richard Donner), Prabxa Jaysh
Harakat va his-tuyg‘ular yonma-yon yuradi. Men - ko‘cha suratkashiman, odamlarning atrofdagi voqealarga munosabatini kuzataman. Bu suratda men harakatlarning o‘zini obektivga tushirishga harakat qildim.
«Qoyatoshga nazar», Hussayn Hoqin Alfraid
Mavzuga oid
16:01 / 05.11.2024
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi
19:41 / 30.10.2024
Toshkentga to‘rtta kirish darvozasi quriladi
09:08 / 27.06.2024
"Har bir fuqaro uchun – bir daraxt" ko‘rik-tanlovi tashkil etiladi
16:02 / 17.05.2024