O‘zbekiston | 17:41 / 31.03.2017
22177
1 daqiqa o‘qiladi

Prokurorlar o‘zgarishi davom etadi: Navoiy viloyatiga ham yangi prokuror tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasining Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2017 yil 30 martdagi buyrug‘iga muvofiq adliya katta maslahatchisi Karimov Xidir Samatovich O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan Navoiy viloyati prokurori etib 5 yil muddatga tayinlandi.

U shuningdek mazkur prokuratura hay'ati raisi etib ham tasdiqlangan.

Avvalroq Jizzax, Samarqand hamda Buxoro viloyatlariga ham yangi prokurorlar tayinlangani haqida xabar bergandik.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid