Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talaba sevgan qiziga maqtanish maqsadida Captiva o‘g‘irladi
21 mart kuni Toshkent shahrida g‘aroyib o‘g‘irlik sodir etildi. Shu kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabasi sevgan qizining oldida maqtanish uchun jinoyatga qo‘l urdi. Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilinishicha, o‘g‘ri talaba Chevrolet Captiva avtomashinasini o‘g‘irlagan.
Navro‘z bayrami keng nishonlanayotgan kuni Toshkent shahri IIBBga Captiva mashinasi o‘g‘irlangani haqida xabar kelib tushgan. Tezkor qidiruv ishlari chog‘ida avtomobil o‘g‘risi ushlangan. Ma'lum bo‘lishicha, u Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 24 yoshli talabasi bo‘lgan. O‘g‘rilikni sodir etgan yosh yigitning so‘zlariga ko‘ra, yaxshi ko‘rgan qizi shunday mashinada shahar aylanishni juda ham xohlagani uchun jinoyatga qo‘l urgan.
Hozirda, tergov jarayoni davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil oxiridan O‘zbekistonda avtomobil o‘g‘irligi va firibgarlik uchun jinoiy javobgarlik qat'iylashtirildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasiga muvofiq, transport vositasini birinchi marta o‘g‘irlaganlik uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi mumkin.
Ayni jinoyat takroriy yoki xavfli retsidivist, bir guruh shaxslar tomonidan avvaldan til biriktirgan holda yoxud kuch ishlatgan yo bo‘lmasa kuch ishlatish tahdidi bilan sodir etilsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlashga asos bo‘ladi.
O‘g‘rilik xavfli retsidivist yoki jinoiy guruh tomonidan transport vositasini o‘g‘irlash maqsadida bosqinchilik orqali amalga oshirilsa 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
15:50 / 11.06.2026
“Plomba” ipini lezviyeda kesdim” – Farg‘onada bank mansabdori bankomatlardan katta miqdorda pul o‘g‘irladi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026