Jahon | 00:54 / 01.04.2017
7646
2 daqiqa o‘qiladi

Oq uy AQShning Suriyadagi yangi ustuvor vazifasini e'lon qildi

Ayni vaqtda AQShning Suriyadagi bosh ustuvor vazifasi mamlakat prezidenti Bashar Asadni iste'foga chiqarish emas, IShID terrorchilik harakatiga qarshi kurashish, — dedi Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser jurnalistlar uchun tashkil etilgan matbuot brifingida Amerika ma'muriyati vakillarining picha ilgari e'lon qilingan bayonotlarini tasdiqlab. 

"Asad bo‘yicha gapiradigan bo‘lsam, bizga ayni paytda qaysi nuqtada ekanligimizni ro‘y-rost ko‘rsatib beruvchi siyosiy reallik bor. Biz o‘tgan ma'muriyat ishlagan vaqtda Asad masalasi bo‘yicha juda ko‘p imkoniyatlarni qo‘ldan chiqarganmiz. Ikki vakilimizning bayonotlari — AQShning BMT qoshidagi doimiy vakilasi Nikki Heyli va davlat kotibi Reks Tillersonning kecha aytgan so‘zlari ushbu reallikni ifodalaydi va hozir biz bor diqqat-eʼtiborimizni IShID terrorchilariga qarshi turishga qaratishimiz lozimligini bildiradi", — deya javob bergan matbuot kotibi jurnalistlardan birining siyosatchilar Asadni iste'foga chiqarish endi muhim vazifa emasligi haqidagi so‘zlarini izohlashni talab qilganiga javoban.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid