Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi barcha mahallalarda kutubxona va maishiy shoxobchalar tashkil etiladi
2017 yilning 1 aprel kuni shahar hokimligida joriy yilning 31 mart Toshkent shahar hokimi tomonidan imzolangan “Toshkent shahrining tumanlari hududida “Zamonaviy mahalla” markazlari namunaviy loyihasini joriy qilish to‘g‘risida”gi 333-sonli qaror mazmun-mohiyatini aholiga, xususan tadbirkorlik sub'yektlariga yetkazish maqsadida brifing tashkil etildi.
Qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4944-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 martdagi selektor yig‘ilishidagi topshiriqlar ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 sentabrdagi 73-sonli bayonnomasi ijrosini ta'minlash, Toshkent shahar tumanlari hududlarida milliy urf odatga mos “Zamonaviy mahalla” namunaviy loyihasi (Yunusobod tumanidagi “Uvaysiy” mahallasi misolida) asosida, mahallalar hududida ta'mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, zamonaviy mahallalarni tashkil etish orqali o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.
Unga ko‘ra, tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan Toshkent shahridagi barcha mahallalarda “Zamonaviy mahalla” namunaviy loyiha asosida mahalla oqsoqoli, maslahatchilari, profilaktika inspektori uchun xonalar, qariyalar uchun dam olish xonasi, kutubxona, kommunal to‘lovlarni qabul qilish shoxobchasi, barcha sharoitlari mavjud o‘rindiqlar, soyabonlar, bolalar maydonchasi hamda dam olish maydonlari, yengil konstruksiyalardan iborat yoshlar uchun sport inshootlari, kichik arxitektura shakllari va favvoralar, tungi yoritgich moslamalaridan tashkil topgan mahalla markazi, shuningdek go‘zallik saloni, savdo shoxobchasi, nonvoyxona, poyabzal ta'mirlash ustaxonasi, maishiy texnikalar ta'mirlash ustaxonasi, kichik xajmdagi kiyim-bosh ta'mirlash atelesi, kichik va o‘rta biznes (hudud ekologiyasi, jamoat tartibi, fuqarolar hafsizligi va tinchligiga ta'sir etmaydigan) faoliyati uchun, kichik o‘quv va sport markazidan tashkil topgan savdo va maishiy shoxobchalarini tashkil etishga ruxsat beriladi.
Mahalla markazi hamda savdo va maishiy shoxobchalar tashkil etish, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va tuman hokimliklari tomonidan tavsiya etilgan tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur qarorda qayd etilgan savdo va maishiy shoxobchalar kapital qurilmalarining qurilish ishlari yakunlanganidan hamda foydalanishga qabul qilingandan so‘ng, faoliyat turini o‘zgartirmaslik (savdo va maishiy shahobchalarni qayta ixtisoslashtirmaslik) sharti bilan o‘rnatilgan tartibda tadbirkorlik sub'yektiga mulk huquqi e'tirof etiladi.
Joylarda tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan qurilgan mahalla markazlariga mulk huquqi e'tirof etilmaydi.
Tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan “Zamonaviy mahalla” namunaviy loyihasi bo‘yicha barpo etilgan mahalla markazlari inshootlari “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limlariga beg‘araz foydalanish uchun topshiriladi.
Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, “Zamonaviy mahalla” namunaviy loyihasi asosida tashkil etilgan, mahalla markazi hamda savdo va maishiy shoxobchalarini qurish ixtiyorini bildirgan tadbikorlik sub'yektlarining murojaat va loyihalari e'tibor bilan o‘rganilib, ularga yer maydonini ajratish bo‘yicha tuman hokimlari, Savdo-sanoat palatasi shahar boshqarmasi, Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar bo‘limi tomonidan shahar hokimligiga asoslangan taklif kiritiladi. Ushbu loyihani amalga oshirishda ixtiyor bildirgan tadbirkorlik sub'yektlariga imtiyozli kredit beriladi.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026