Sport | 20:23 / 01.04.2017
12435
2 daqiqa o‘qiladi

Uzbek Tigers vs Astana Arlans: 3-0

«O‘zbekiston» sport majmuasida O‘zbekiston va Qozog‘iston boks jamoalari o‘rtasidagi bahslar qizg‘in tusga kirdi. Uzbek Tigers Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi bilan kuch sinashmoqda. 

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, bokschilar har biri 3 daqiqalik besh raund kurash olib borishadi. Tartibga muvofiq, ringga uchinchi bo‘lib, 75 kg vazn toifasidagi bokschilar Isroil Madrimov hamda Saparbay Aydarov chiqib kelishdi. 

Hakamlar juda qizg‘in kechgan jang g‘olibligini Isroil Madrimovga taqdim etishdi. Shu bilan Uzbek Tigers jamoasining, keyingi ikki jang natijasi qanday bo‘lishidan qat'inazar, minimal g‘alabasi ta'minlandi. 

Eslatib o‘tamiz, The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl uchinchi bosqich tarkibida O‘zbekiston sha'nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga ko‘tarilishmoqda.

Mavzuga oid