Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Chelsi» o‘z uyida to‘xtatildi, «MYu» yana durang o‘ynadi
Angliya premer-ligasining 30-turidan olgan yana 5ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi.
Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan «Chelsi» o‘z uyida kutilmaganda «Kristal Pelas»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va «Stemford Brij»dagi 13 uchrashuvdan iborat g‘alabali seriyasiga yakun yasadi. Bundan esa «Tottenhem» unumli foydalanib qoldi. Shimoliy londonliklar bu turda «Byornli»ga tashrif buyurib ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va «Chelsi» bilan o‘rtadagi farqni 7tagacha qisqartirdi. «Chelsi» hisobida 29 uchrashuvda 69 ochko bo‘lsa, «Tottenhem» shuncha o‘yinda 62 ochko to‘plagan.
«Manchester Yunayted» bir necha yo‘qotishlar bilan o‘ynab «Vest Bromvich»ni yenga olmadi. Endilikda Mourino shogirdlari hisobda 28 uchrashuvdan keyin 53 ochko mavjud. «Lester» esa o‘z uyida «Stok Siti»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Natijada lesterliklar bosh murabbiyi ingliz murabbiylari ichida birinchi bo‘lib ketma-ket 4ta uchrashuvda g‘alaba qozongan ilk mutaxassisga aylandi. «Lester» hisobidagi ochkolar soni 33taga yetdi va jamoa 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
APLda qolish uchun kurash olib borayotgan yana bir jamoa «Hall» ham bu turda «Vest Hem»dan ustun kelgan bo‘lsa, «Sanderlend» navbatdagi mag‘lubiyatini tan olishiga to‘g‘ri keldi.
Angliya premer-ligasi, 30-tur
Chelsi – Kristal Pelas 1:2 (1:2)
Gollar: Fabregas (5) – Zaa (9), Benteke (11).
Chelsi: Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso (Batshuayi, 74), Aspilikueta, Fabregas, Pedro, Azar, Matich (Villian, 59), Kante, Diyego Kosta.
Kristal Pelas: Hennessi, Sako, Tomkins (Denn, 46; Dileyni, 60), Uord, Milivoyevich, Panchon, Zaa, Taunsend (Kelli, 60), Kabay, Shlupp, Benteke.
Ogohlantirishlar: Diyego Kosta (50), Benteke (68), Milivoyevich (73), Keyhill (79), David Luiz (83).
Manchester Yunayted – Vest Bromvich 0:0
Manchester Yunayted: De Xea, Valensiya, Bayi, Roxo, Lingard, Yang, Kerrik, Mxitaryan (Runi, 74), Fellayni, Reshford, Marsyal.
Vest Bromvich: Foster, Nom, Makoli, Douson, Evans, Makkleyn (Morrison, 57), Brant, Livermor, Fletcher, Robson-Kanu (Rondon, 70), Shadli (Yakob, 67).
Ogohlantirishlar: Roxo (43), Nom (47), Livermor (87), Fellayni (90), Runi (90), Yakob (90).
Lester – Stok Siti 2:0 (1:0)
Gollar: Ndidi (25), Vardi (47).
Lester: Shmeyxel, Benaluan, Fuks, Simpson, Xut, Drinkuoter, Ndidi, Grey (Chiluell, 87), Marez, Okadzaki (Amarti, 73), Vardi (Slimani, 81).
Stok Siti: Grant, Shoukross, Piters, Djonson, Martins Indi, Allen, Uelan (Adam, 70), Arnautovich, Sobxi, Uolters (Krauch, 54), Beraxino (Diuf, 70).
Ogohlantirishlar: Shoukross (16), Uelan (29), Fuks (60), Krauch (69), Arnautovich (90).
Hall – Vest Hem 2:1 (0:1)
Gollar: Robertson (53), Ranokkiya (85) – Kerroll (18).
Hall: Yakupovich, Devis (Grositski, 46), Maguayr, Robertson, Ranokkiya, Markovich, Al-Muxammadi, Klukas, Ndiayye (Melouni, 79), Ernandes (Xenriksen, 80), Nyasse.
Vest Hem: Rendolf, Fonte, Kressuell (Masuaku, 68), Bayrem, Kollinz, Kuyate (Kaleri, 90), Lansini, Snodgrass (Fernandesh, 66), Feguli, Ayyu, Kerroll.
Ogohlantirishlar: Fonte (2), Nyasse (58), Kerroll (64), Ndiayye (73).
Uotford – Sanderlend 1:0 (0:0)
Gol: Britos (59).
Uotford: Gomes, Kabul (Yanmat, 42), Britos, Xolebas, Ketkart, Dukure, Amrabat (Saksess, 53), Kleverli, Kapu, Nyang (Suniga, 87), Okaka Chuka.
Sanderlend: Pikford, O′Shi, Denayyer, Ovedo, Kone, Yanuzay (Xazri, 70), Gibson (Ndong, 61), Roduell, Djons, Borini, Defo.
Ogohlantirishlar: Jons (72), Xazri (77), Kone (78), Kapu (90).
Byornli – Tottenhem 0:2 (0:0)
Gollar: Dayyer (66), Son Xyong Min (77).
Byornli: Hiton, Kin, Uord, Louton, Mi, Boyd (Breydi, 74), Xendrik, Barton, Arfild (Defur, 78), Grey (Vouks, 56), Barns.
Tottenhem: Loris, Vertongen, Devis, Tripper, Alderveyreld, Uinks (Sissoko, 45), Dayyer, Eriksen, Vanyama (Dembele, 44), Alli, Yanssen (Son Xyn Min, 73).
Ogohlantirishlar: Kin (47), Barns (79).
Mavzuga oid
22:00 / 13.05.2018
«Manchester Siti» tarixiy g‘alabaga erishdi. Yana yangi rekordlar
21:48 / 09.05.2018
Italiyada kubok, Angliyada YeChL uchun kurash. Bugungi o‘yinlar haqida
12:47 / 08.05.2018
Anons: Bugun Angliyada «hayot-mamot to‘qnashuvi»
21:40 / 06.05.2018