Sport | 19:15 / 02.04.2017
16751
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona B» Ispaniyadagi eng yirik g‘alabani qayd etdi (foto+video)

Ispaniyaning nufuzi jihatdan uchinchi divizionida ishtirok etuvchi «Barselona B» jamoasi Ispaniya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan «Eldense»ga qarshi uchrashuvda yirik (12:0) hisobda g‘alaba qozondi.

Bu Segunda B tarixidagi eng yirik g‘alabaga aylandi. O‘yindan keyin kataloniyaliklar raqib oldiga borib ularga tasalli berishga ham ulgurgan.

«Barselona»ning ikkinchi jamoasi hozirda Segunda B 3-guruhida yetakchilik qilmoqda, «Eldense» – so‘nggi o‘rinda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid