Ispaniya çempionatining 1-turidan örin olgan uçraşuvda Kataloniyaning «Barselona» klubi «Betis»ni qabul qildi.

Uçraşuvning 36-daqiqasida Jyerar Deulofeuning öng qanotdan yetkazib bergan töpini Toşka öz darvozasiga töğrilab qöygan bölsa, 39-daqiqada yana Deulofeuning uzatmasidan keyin bu safar Serxi Roberto deyarli böş qolgan darvozani aniq nişonga oldi. 

Ikkinçi bölimda kataloniyaliklarda bir qator imkoniyatlar bölsada, ular bu vaziyatlardan foydalana olişmadi va natijada 2:0 hisobi saqlanib qolindi. Şu tariqa «Barselona» birinçi turni ğalaba bilan boşladi.

Ispaniya La-ligasi, 1-tur

Barselona – Betis 2:0 (2:0)
Gollar: Toşka (36, avtogol), Serxi Roberto (39).
Barselona: ter Stegen, Maskerano, Alba (Din, 87), Nelson Semedu, Umtiti, Serxi Roberto, Buskets, Rakitiç, Deulofeu (Aleiş Vidal, 72), Messi, Pako Alkaser (Denis Suares, 82).
Betis: Adan, Mandi, Toşka, Barragan, Feddal, Sançes, Kamarasa (Fabian Ruis, 78), Guardado, Matias Nauel (Gerrero, 72), Narvaes (Garsiya, 68), Leon.
Ogohlantirişlar: Alba (52), Matias Nauel (63).