Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy politsiyasi yirik jinoiy tarmoqni bartaraf etdi
Xitoy politsiyasi va maxsus xizmatlari Guandun viloyatida harakat qilgan 70 ga yaqin jinoiy to‘dadan iborat jinoiy tarmoqni bartaraf etdi. Umumiy hisobda 810 kishi qo‘lga olingan. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar bermoqda.
Martning ikkinchi qismida ikki hafta davomida o‘tgan "Bo‘ron-4" operatsiyasi davomida politsiya viloyatdagi 21 ta shaharda reyd uyushtirgan. Jinoyatchilardan ko‘plab miqdorda qurol-aslaha musodara qilgan. Operatsiya davomida bir necha yirik jinoyatchilar qo‘lga tushirilgan.
Operatsiya davomida firibgarlik, odamlarni o‘g‘irlash, yulg‘ichlik, davlat hokimiyatining mahalliy idoralariga ziyon yetkazish bilan bog‘liq 180 dan ko‘proq jinoyat fosh qilingan.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026