Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yana bir dzyudochi Tbilisi Gran-prisida sovrindor bo‘ldi
Bugun, 2 aprel kuni Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-Pri turniri yakuniga yetdi.
MOQ matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, turnirning uchinchi kunida ham O‘zbekiston vakili shohsupaga ko‘tarildi.
-90 kg vazn toifasidagi sportchi Shahzodbek Sobirov bronza medalga egalik qildi.

Ushbu dzyudochi o‘tish bahsida slovakiyalik Peter Zilkani mag‘lubiyatga uchratdi va bronza medal uchun bo‘lib o‘tadigan jangda ishtirok etib, vengriyalik Gabor Verni mag‘lub etdi.
1 aprel kuni O‘zbekiston vakili G‘iyosjon Boboyev ushbu Gran-Prida oltin medal olgandi.
Mavzuga oid
17:21 / 05.10.2025
Gurjistonda hukumatga qarshi namoyishlar tashkilotchilari qo‘lga olindi
14:20 / 20.06.2025
Tbilisi-Toshkent yo‘nalishidagi samolyot uchish aeroportiga favqulodda qaytib qo‘ndi
00:40 / 03.02.2025
Gurjistonda namoyishga chiqqan o‘nlab muxolifat vakillari hibsga olindi
13:06 / 30.12.2024