Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venger murabbiylikdan ketishini o‘limga teng deb atadi
«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger murabbiylik faoliyatini davom ettirishini ma'lum qildi.
«Men faoliyatimni tugatmoqchi emasman, bu yoshlar uchun. Men kabi keksa kishilar uchun kasbni tashlash o‘limga teng.
Shubhasiz, men klubga yangi kelgan vaqtimdagi kabi g‘alabalarga chanqoqman. Hozirda yigirma yil avvalgiga qaraganda kuchliroq bosimni his qilmoqdaman, ammo hamon g‘alaba qozonishni istayman.
O‘sha vaqtdagi «Arsenal» bilan hozirgisini taqqoslash mumkin. Yigirma yil avval klubda 70 kishi ishlar edi, hozir esa 700 nafar xodim. «Arsenal»ning bir dona aksiyasi o‘shanda 400 funt turar edi, hozir - 18 000», - degan Venger The Telegraph muxbiriga.
Eslatib o‘tamiz, Vengerning shartnomasi yozda nihoyasiga yetadi, fransiyalik mutaxassis hozircha kelajak bo‘yicha aniq qaror qabul qilmagan.
Mavzuga oid
14:18 / 01.06.2026
«Keyingi yil YeChL uchun qaytamiz». «Arsenal» Londonda chempionlik paradi o‘tkazdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
12:01 / 25.05.2026