Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyaga zaharli ilonlar, chayonlar va o‘rgimchaklar joylangan qutilar yo‘llandi
Aprel oyi boshida "ikki juft poyabzal" yozuvi tushirilgan jo‘natma Avstraliya bojxona xizmatida shubha uyg‘otdi. Chegarachilar qutini rentgen tekshiruvidan o‘tkazishdi va uning ichida bir necha zaharli ilon, o‘rgimchak va chayonlar borligini aniqlashdi. Bu haqida International Business Times nashri xabar berdi.
Jo‘natma ichida jonivorlar joylangan kichik konteynerlar bo‘lgan. Konteynerlar ichida esa uch qirollik pitoni, ikki oddiy suvilon, olti ma'bad kufiysi, ikki Kolumbiya gigant-tarantulasi, besh braxipelm smit tarantulasi, ikki Braziliya pushti qushxo‘ri va to‘rt Osiyo o‘rmon chayoni bo‘lgan.
Barcha jonivorlar topilishi bilanoq Biologik xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xavfsizlantirilgan, lekin ba'zi o‘rgimchaklar tashish vaqtidayoq nobud bo‘lgani aniqlandi.
Jo‘natmani aynan kim yo‘llagani noma'lum, uning Avstraliyaga Shimoliy Yevropadan yetkazilganigina ma'lum. Qutidagi ba'zi jonivor turlari faqat ekzotik hududlarda yashaydi. Voqeani o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Avstraliyada boshqa joylarga nisbatan ko‘proq zaharli ilonlar bo‘lishiga qaramay, Qishloq xo‘jaligi va suv resurslari vazirligi vakili mamlakatda chegara orqali olib o‘tiluvchi har qanday jonivorga mas'uliyat bilan yondashilishini ma'lum qildi.
"Jonivorlarni sevuvchi, lekin sudralib yuruvchilar va o‘rgimchaklarni qutilarga joylab, pochta orqali yo‘llovchi kimsalar ularning taqdiri yoki Avstraliya uchun oqibatlari haqida o‘ylashmaydi", - dedi Avstraliya Qishloq xo‘jaligi va suv resurslari vazirligi vakili.
Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan 3 nafari vatanga qaytishga qaror qildi
14:29 / 11.03.2026