Markazning UZCERT xizmati tomonidan olib borilgan örganişlar natijasida korporativ elektron poçta hisoblarining buzilişi bilan boğliq bir qator holatlar aniqlangan.
Dastlabki tahlillarga köra, bunday holatlar xodimlarning işonçliligi tasdiqlanmagan internet-resurslarda korporativ elektron poçta manzillari orqali röyxatdan ötişi hamda kibergigiyena qoidalariga töliq amal qilmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda.
Ma’lum qilinişiça, ruxsatsiz egallab olingan elektron poçta hisoblari orqali 50 dan ortiq taşkilotga ommaviy xabarlar yuborilgan. Ularda zararli dasturlar yoki taşkilotlarning axborot infratuzilmasiga zarar yetkazişi mumkin bölgan havolalar joylaştirilgan.
Mutaxassislar bunday xatlar rasmiy yozişmalarga öxşaş körinişda yuborilayotgani sababli foydalanuvçilar tomonidan işonçli deb qabul qilinişi va zararli havolalar oçilişi xavfi yuqori ekanini ta’kidlamoqda.
Şu munosabat bilan taşkilotlar va ularning xodimlariga elektron poçta xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qiliş, şubhali havolalar va fayllarni oçmaslik, şuningdek köp faktorli autentifikatsiyadan foydalaniş tavsiya etildi.













