O‘zbekiston | 12:20 / 04.04.2017
12147
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda metallurgiya zavodi quriladi

3 aprel kuni Rossiyaning «Gazprombank» AJ va O‘zbekistonning «Asaka» ATB Toshkent shahrida metallurgiya zavodini qurish loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik haqidagi bitimni imzoladi, deb xabar bermoqda UzDaily.uz.

Hujjat banklarning xalqaro o‘zaro manfaatli hamkorlik, jumladan O‘zbekiston Respublikasi uchun davlat ahamiyatiga ega investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish borasidagi niyatini tasdiqlaydi.

Hamkorlik doirasida tomonlar Toshkent shahridan uzoq bo‘lmagan yerda metallurgiya zavodini qurish bo‘yicha loyihani moliyalashtirishni rejalashtirmoqda.

Bo‘lajak zavodda metall listlarni ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologiyali korxona ishga tushirilishi mo‘ljallangan.

Loyiha qiymati 280 million yevrodan ko‘proqni tashkil etadi. Zavod qurilishi yaqin oylar ichida boshlanadi. Sanoat loyihasi 2019 yilda foydalanishga topshiriladi.

Toshkent metallurgiya zavodining quvvati yiliga 500 ming tonna mahsulotni tashkil etadi.

«Loyiha O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan amaliy qo‘llab-quvvatlanayotgani, o‘zbek tomonidan eng asosiy sarmoyador esa loyihaga 100 million yevro kiritayotgan O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ekanligi juda muhim», - deya ta'kidlab o‘tdi Gazprombank boshqaruv raisi o‘rinbosari Aleksey Matveyev.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid