Sport | 10:58 / 05.04.2017
10658
1 daqiqa o‘qiladi

Messi: «Futbol uchun ko‘p narsadan voz kechganman»

«Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi futbolchi bo‘lish uchun ko‘p narsadan voz kechganini aytib o‘tdi.

«Yuqori professional futbolchi bo‘lish uchun ko‘p narsadan voz kechishga majbur bo‘lganman, biroq bu orqali o‘z oilamga yaxshi hayot taqdim eta oldim. Yoshligimdan uydan tashqarida, oilasiz, aka-ukalar va do‘stlarsiz yashab kelganman. Qiyin bo‘lgan, biroq men o‘z tanlovimni amalga oshirgandim.

Tanqid menga qiziq emas, hamma hozirda futbolchilar doimiy ravishda bosim ostida ekanini yaxshi biladi. Argentina terma jamoasi muxlislarini yaxshi tushunaman, ular qandaydir sovrinni qo‘lga kiritishimizni istaydilar, biroq biz ham buni juda xohlaymiz», - deya aytib o‘tdi Messi Esquire’ga bergan intervyusida.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid