Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda “uddaburon” tadbirkor jazolandi
Buxorolik Farhodbek Mo‘minov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 29 yoshida, ya'ni 2015 yilning fevral oyida ezgu niyat bilan tadbirkorlikka qo‘l urdi. Tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tib, oziq-ovqat va qurilish mahsulotlari ulgurji savdosiga ixtisoslashgan “Sintez Savdo” mas'uliyati cheklangan jamiyatini ta'sis etdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Dastlabki faoliyatini boshlash uchun F.Mo‘minov pul o‘tkazish yo‘li bilan 1 mlrd. 379 mln. 300 ming so‘mlik turli oziq-ovqat mahsulotlari va qurilish materiallari xarid qilib, ishni boshladi. Savdodan tushayotgan pullarni ko‘rgan F.Mo‘minovning fikri o‘zgardi. Niyati buzilib, uch oy davomida pul o‘tkazish yo‘li bilan MChJga kirim qilingan mahsulotlarni naqd pulga sotib yubordi. Pullarni esa na nazorat-kassa mashinasidan o‘tkazdi, na bankdagi hisob raqamiga topshirdi.
Oradan ma'lum vaqt o‘tgach, F.Mo‘minov “qor yog‘ib, izlar yopildi”, degan xayolga bordi, shekilli, bankdagi hisob raqamidan pul o‘tkazish yo‘li bilan yana 1 mlrd. 917 mln. so‘mlikdan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari va qurilish materiallari sotib oldi. Bu safar ham savdodan tushgan pullar bankka kirim qilinmay, MChJ rahbarining manfaatlari yo‘lida sarflandi. Yil yakunida MChJning faoliyati DSI xodimlari tomonidan tekshirilganida F.Mo‘minovning yana bir jinoyati fosh etildi. Ma'lum bo‘lishicha, u MChJning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, qat'iy hisobda turuvchi birlamchi buxgalteriya hujjatlarini yo‘q qilib yuborgan ekan.
Tekshirishlar jarayonida “uddaburon” tadbirkorning qonunbuzarliklari birin-ketin yuzaga qalqib chiqdi. Pirovardida unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi...
Sud ishni atroflicha va xolisona ko‘rib chiqib, F.Mo‘minovga uch yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026