Elastik sensor tolalar yaratishga muvaffaq bo‘lindi
Zamonamiz kishilari sensor texnologiyalarga o‘rganib bormoqda. Hamma joyda sensor: smartfonlarimizda, planshetlarimizda, noutbuklarda va hatto avtomobillar oynalarida. Biroq sanab o‘tilganlarning barchasida qattiq sensor ekranlar. Elastik sensor yuza bo‘lganda, nima bo‘lar edi? Shimoliy Karolina universiteti tadqiqotchilari aynan shunday moslashuvchan tolalar ishlab chiqishdi. Hi-News shu haqida xabar berdi.
Ushbu tolalar kelgusida sensor texnologiyalar integratsiyasida (masalan, kiyimlar va turli ko‘chma qurilmalarga) mazkur texnologiyani qo‘llash imkonini beradi.
Tolalar diametri inson soch tolasidan qalinroq, atigi bir necha yuz mikron. Har bir tola uch silindrdan iborat, ulardan biri galliy va indiy suyuq elektrik qotishmasi bilan to‘ldirilgan, ikkinchisi - faqat uchdan ikki qismiga, uchinchisi esa - uchdan bir qismiga to‘lgan.
Tolaga inson barmog‘i tegsa, butun tizim sig‘imi o‘zgaradi. Sensor tolalar yaratuvchilarining o‘z ixtirolaridan umidlari katta.
Mavzuga oid
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
14:35 / 09.10.2024
Eksperiment: Ma’ruzada smartfonlardan qisqa muddat foydalanish talabalarga diqqatni jamlashga yordam berishi mumkin
12:24 / 06.09.2024
Smartfonlar miya saratoniga sabab bo‘lishi haqidagi fikrlar asossiz deb topildi
15:18 / 22.04.2024