Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda prokurordan 15 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi
Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi 65 yoshli shaxs tuman prokuroridan 15 ming dollar pul talab qildi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, ushbu shaxs tuman elektr korxonasi ustidan prokurorga shikoyat qilgan, prokuratura shikoyatni o‘rganib, qonuniy hal qilgan. Biroq shikoyat yozish orqali pul undirishga odatlanib qolgan shaxs bu safar moddiy manfaat ko‘rmagan. Shu bois u elektr korxonasini qonuniy tekshirmadi, degan da'vo bilan tuman prokurori ustidan shikoyat yoza boshlagan. Shikoyatlarni to‘xtatish evaziga esa tuman prokuroridan 15 ming dollar talab qilgan.
Gazetada yozilishicha, 65 yoshli fuqaro vositachi orqali 5 ming dollarni olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushlangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Muborak tumani sudi fuqaroga 3 yil ozodlikni cheklash va eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida jarima tayinladi.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026