Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kosmonavt ayol orbitada uzoq vaqt qolish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Xalqaro kosmik stansiya (XKS)dagi birinchi ayol-komandir Peggi Uitson yana uch oyga orbitada qolishga qaror qildi. U XKS va ochiq kosmosda uzoq vaqt qolish bo‘yicha ayollar o‘rtasida rekord o‘rnatdi. 24 aprelda Uitson orbitada yashovchi amerikalik kosmonavtlar orasida tarixiy rekord o‘rnatadi. NASA agentligi shu haqida xabar berdi.
Kosmonavt-biokimyogar Roskosmos bilan kelishuv imzolab, 9 apreldan yana XKS komandiri bo‘ladi. Avvalgi shartnomaga ko‘ra, Uitson iyun oyida 51-sonli ekipaj tarkibida Yerga qaytishi kerak edi, endi esa u kamida sentabr oyigacha orbitada qoladigan bo‘ldi.
"Menga bu yer juda yoqib qoldi. XKS bortida yashash va ishlash, bu yerda men o‘zimni umumiy ishga hissa qo‘shayotganimni anglayapman. Shu bois men bu yerda imkon qadar ko‘proq vaqt o‘tkazmoqchiman", - dedi Peggi Uitson.
Uitson 377 sutkani orbitada o‘tkazib, 2016 yilning noyabrida stansiyaga kelgan. Aprel oyi oxirida u amerikalik kosmonavt Jyeff Uillyamsning rekordini (534 sutka) ortda qoldiradi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mutloq rekordchi rossiyalik Gennadiy Padalka hisoblanadi - u orbitada 878 sutka bo‘lgan.
30 mart kuni Uitson ochiq kosmosda 6 soatdan ko‘p vaqt o‘tkazib, o‘zining kosmonavtlar ayollar orasidagi avvalgi rekordi (50 soat 40 daqiqa)dan o‘zib ketdi.
Kosmonavt Twitter'dagi sahifasini faol yuritib boradi va unda o‘zining kosmik hayotidagi hodisalar, shu jumladan ilmiy tajribalari bilan bo‘lishadi.
Mavzuga oid
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
18:02 / 12.03.2026