Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya har yili biznes-forumlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston va Rossiya har yili biznes-forumlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrifi davomida xabar berdi.
«Albatta, mintaqalararo hamkorlik yangi, juda muhim istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Mintaqalararo hamkorlik haqida aytib o‘tmoqchiman. Vladimir Vladimirovichga bunga ko‘mak berayotgani uchun katta rahmat. Bilasizki, mintaqalar uchrashganda, juda ko‘p masalalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etishadi va aniq natijalar bor. Bu nimadan darak bermoqda? Mintaqalar uchrashishni, savdo qilishni, bir-biriga tashrif buyurishni istamoqda. Men o‘z hokimlarimiz bilan gaplashdim, ular buni mamnuniyat bilan davom ettirishmoqchi», - deya ta'kidlab o‘tdi O‘zbekiston rahbari.
«Biz hurmatli Vladimir Vladimirovich bilan biznes-forumlarni o‘tkazish haqida kelishib oldik: bir yili Rossiyada, bir yili O‘zbekistonda. Shuningdek men Vladimir Vladimirovichni keyingi yili Buxoro, Xorazm yoki Samarqandda mamlakatlarimiz ikki prezidenti ishtirokida katta biznes-forum o‘tkazishga taklif qildim», - dedi Prezident.
Mavzuga oid
21:43 / 03.02.2026
Ukraina Yevropa va AQSh bilan kelajakda Rossiyaga harbiy javob choralarini kelishib oldi
16:05 / 03.02.2026
Rossiya olimlarning “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga safarlarini chekladi
14:32 / 03.02.2026
Vengriya Rossiya gazi importi taqiqi sabab Yevroittifoq sudiga murojaat qildi
12:50 / 03.02.2026