Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriya hukumati aerodromiga 50ta raketa yo‘lladi
AQSh 6 aprel, payshanba kuni kechqurun Suriyadagi aerodromga zarba berdi. Bu suriyalik harbiylar tomonidan Idlibda kimyoviy qurol ishlatilganiga javoban yuz berdi, deb xabar bermoqda NBC News AQSh harbiy amaldorlariga asosan.
Xabar qilinishicha, Qo‘shma Shtatlar “o‘nlab qanotli raketalarni” uchirgan.
AQSh harbiylari kamida 50ta “Tomagavk” raketalarini uchirgan, ular Xoms viloyatidagi ash-Shayrotni nishonga olgan, deb ta'kidlaydi telekanal.
“Bu AQShning taxminiga ko‘ra, Suriya hukumati taqiqlangan qurolni qo‘llagan aerodromdir”, - deb xabar berdi telekanal.
AFP nashrining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp harbiylarga Idlibdagi voqealardan keyin Bashar Asadga qarshi harakatlarni faollashtirishga ko‘rsatma bergan.
Bundan oldinroq Tramp Idlibda kimyoviy qurol qo‘llangani haqidagi xabardan keyin Asadga munosabati keskin o‘zgargani haqida ma'lum qilgandi.
BMT Xavfsizlik kengashining Idlibdagi voqea bo‘yicha yig‘ilishi vaqtida Suriyaning BMT qoshidagi maxsus vakili Monzer hukumat qo‘shinlari bu hududda kimyoviy qurol qo‘llagani haqidagi xabarni rad etdi.
4 aprel kuni Londonda joylashgan Suriya inson huquqlari monitoringi markazi Xan-Shayxunga zaharli gaz to‘ldirilgani taxmin qilingan bombalar tashlangani, buning oqibatida kamida 100 kishi, shu jumladan o‘nlab nafar bola ham halok bo‘lgani haqida xabar qilgan edi. Shuningdek, 500 kishi zaharlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45 / 17.06.2026