Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov Toshkentdagi konsertga homiylik qiladi
Joriy yilning aprel oyida Toshkentda Mariinskiy teatri badiiy rahbari va Myunxen filarmoniya orkestri bosh dirijyori Valeriy Gergiyev va Vladimir Spivakov boshchiligidagi Rossiya Milliy filarmoniya orkestri konsert beradi.
Valeriy Gergiyevning chiqishi 13 va 14 aprelga rejalashtirilgan. Uning rahbarligidagi Mariinskiy teatri simfonik orkestri konserti “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyida 13 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Kechada o‘zbekistonlik pianinochi Behzod Abduraimov ham sahnaga chiqadi. U Sergey Prokofev orkestri bilan fortepiano uchun 3-raqamli Kontsertni ijro etadi.
Mariinskiy teatri bosh balerinasi Diana Vishnyova esa Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri sahnasida 14 aprel kuni chiqish qiladi. Kecha dasturida – Jorj Bize-Rodion Shedrinning bir aktli «Karmen-syuita» baleti. Shuningdek, Mariinskiy teatri balet truppasi yakkaxonlari «Don-Kixot», «Lebedinoye ozero», «Anna Karenina», «Shahrizoda» spektakllari va boshqa baletlardan sahna ko‘rinishlari hamda xoreografik dasturlar bilan chiqish qilishadi.
Vladimir Spivakov boshchiligidagi Rossiya Milliy filarmoniya orkestri esa “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyi sahnasida 26 aprel kuni chiqish qiladi.
Bir sahnada Moskvaning eng yetakchi opera teatrlari yakkaxonlari Anna Aglatova (soprano) va Vasiliy Ladyuk (bariton), shuningdek dasturning maxsus mehmoni, O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonovlar (tenor) kuylashadi.
Klassik san'at kechalari tomoshabinlarni Rossiyaning yetakchi teatrlari san'ati bilan tanishtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Alisher Usmonovning «San'at, fan va sport» xayriya jamg‘armasi ko‘magida tashkil etiladi.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026