Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID afg‘on narkosavdosidan daromad ola boshladi
Afg‘onistondagi giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi IShID terrorchilari yangi daromad manbasiga aylandi. Bu haqda Rossiya TIVning yangi chaqiriqlar va tahdidlar departamenti direktor o‘rinbosari Dmitriy Feoktistov ma'lum qildi.
"IShID energetika infratuzilmasi jiddiy ravishda buzilganini e'tiborga olib, ularning kichik moliyaviy oqimlarni oshirish yoki yangilarini qo‘lga kiritish bo‘yicha harakatlariga jiddiy ravishda munosabatda bo‘lish kerak. Yangi manbalardan biri (mablag‘larning) – bu Afg‘onistondagi giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi. IShID ayniqsa, mamlakatning shimoliy viloyatlaridagi bunday aylanmalarni o‘z nazoratiga olishga urinmoqda", - deya aytib o‘tdi Feoktistov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “2016 yilda Afg‘onistonda narkotiklar ishlab chiqarish hajmi ancha oshdi, yakuniy qiymat esa 110 milliard dollar, deb baholanmoqda”.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026