Jahon | 18:18 / 07.04.2017
13144
4 daqiqa o‘qiladi

Tramp Suriya muammosini hal etishda harbiy maslahatchilariga ishonib qolgan

Foto: Reuters

Suriyada kimyoviy qurol hujumidan o‘nlab bolalar halok bo‘lgach, AQSh prezidenti Donald Trampning razvedkadagi maslahatchilari hodisa ortida Bashar Asad turganini isbotlovchi dalillar topishning uddasidan chiqishgan. 

Vazifasiga kirishganidan beri ilk marotaba tashqi siyosatdagi inqirozga duch kelgan Amerikaning 45-prezidenti, davlat boshqaruvi yo‘nalishini belgilab bergan siyosatchilarga emas, temirni qizig‘ida bosishni tavsiya qilgan tajribali harbiy ekspertlarga quloq solishga qaror qildi. Bu haqda jarayondan voqif mulozimlar ma'lum qilishgan. 

Suriyada IShIDga qarshi kurashishni asosiy vazifa deb bilgan Tramp Asdni jazolash uchun zudlik bilan ro‘yxatni tuzishga ko‘rsatma bergan. Oxirgi ikki kun ichida bir necha marotaba yopiq eshiklar ortidagi uchrashuvlarda ishtirok etgan yuqori lavozimli mulozimlar shuni ta'kidlashmoqda. 

Payshanba kuni (sharqiy yarim sharda juma kuni) Tramp Damashq shimolidagi Shayrot harbiy bazasiga qanotli raketalardan zarbalar berishga buyruq bergan. Pentagonga ko‘ra, bu aviabazada kimyoviy qurol saqlangan. 

"O‘ylaymanki, prezident Tramp hukumatlar va siyosatchilar haddan oshganlarida amaliy harakat qilish niyatida ekanini ko‘rsatadi...Shu narsa aniqki, prezident Tramp buni dunyoga yetkazdi",- degan AQSh davlat kotibi Reks Tillerson.

Tramp ma'muriyatining yuqori lavozimli mulozimlariga ko‘ra, ular Tramp bilan 4 aprel kuni kechqurun uchrashgan va unga prezident bo‘lishidan avvalroq tuzilgan harakatlar yo‘nalishlari: sanksiyalar, diplomatik bosim o‘tkazish va Suriyaga zarbalar berish bo‘yicha rejalarni taqdim etishgan. 

5 aprel kuni ertalab harbiy maslahatchilar, Suriyaning qaysi bazasidan kimyoviy qurolni qo‘llashda foydalanilganini bilishlarini ma'lum qilishgan. Amerika harbiy mutaxassislar hujumni amalga oshirgan Su-22 samolyotini kuzatishganini ta'kidlashgan. 

Shundan so‘ng, Tramp maslahatchilaridan harbiy rejalarni tuzishga diqqat qaratishni so‘ragan. 

O‘sha kuni kunduzi (5 aprel) prezident Oq uyning Atirgullar bog‘ida chiqish qilib, "chiroyli mitti bolalar" o‘limiga sabab bo‘lgan "vahshiyona hujum" uning Asadga nisbatan munosabatini keskin o‘zgartirib yuborgan. 

Tramp, bu Suriyadagi siyosat o‘zgarganini anglatadimi, degan savolga "ko‘rasiz", deya javob berdi.

Payshanba kuni (6 aprel) kechga yaqin AQSh Bosh shtabi vakillari Pentagonda uchrashib, harbiy zarbalar berish rejasini ishlab chiqishni tamomlashgan. Bu vaqtda Tramp Xitoy yetakchisi Si Tszinpin bilan uchrashish uchun Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohiga yo‘l olayotgan edi. 

Tramp o‘sha qarorgohidagi boshqa bir uchrashuvida raketa zarbalari berish rejasini tasdiqlab, XXR raisi bilan kechki ovqatni tanovul qilishga yo‘l olgan. 

Amerikaning O‘rta yer dengizining sharqiy sohillarida joylashgan "Ross" va "Porter" esminetslari 59ta Tomohawk qanotli raketalarini  uchirgan vaqtda AQSh va Xitoy rahbarlarining kechki tanovuli yakunlanayotgan bo‘lgan. 

O‘tgan 3 kun mobaynida milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Gerbert Makmaster, mudofaa vaziri Jim Mettis va Bosh shtab boshlig‘i general Jozef Danford Trampning asosiy harbiy maslahatchilari bo‘lishgan. 

AQShning Suriya aviabazasiga raketa zarbalari Bashar Asadning asosiy ittifoqchisi bo‘lgan Rossiyaning g‘azabini chiqardi. Shu bilan Tramp IShIDga qarshi kurashda Rossiya bilan hamkorlik qilish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi. 

 

Mavzuga oid