Jahon | 08:24 / 08.04.2017
13905
1 daqiqa o‘qiladi

Ivanka Tramp Suriyaga berilgan zarbadan keyin otasi bilan faxrlanishini aytdi

Foto: Reuters

AQSh 7 aprelga o‘tar kechasi Suriyadagi Shayrat aerodromiga raketa zarbasi berdi. Hujum oqibatida 7 kishi: 5 harbiy va 2 fuqaro halok bo‘lgan. Aerodromning yana 6 nafar xodimi jarohatlar olgan. 

Qurbonlar borligiga qaramasdan, AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp bu zarbadan keyin otasi bilan faxrlanishini aytgan.

"Biz yashayotgan davr murakkab yechimlar qabul qilinishini talab qiladi. Men otam insoniyatga qarshi bu dahshatli jinoyatlarga ko‘nishni istamaganidan faxrlanaman", deb yozgan Ivanka tvitterda.

Trampning qizi "dahshatli jinoyatlar" deganda Idlib viloyatidagi kimyoviy hujumni nazarda tutgan. AQShda bu hujum Shayrat bazasidan amalga oshirilgani ta'kidlab kelinmoqda.

Biroq ushbu fojiaga haqiqatan kim aybdorligi BMT va Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti tomondan tergov qilinmoqda. Hozircha mutaxassislar hech qanday xulosalarga kelishmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid