Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston bo‘yicha 26 nafar inspektor yo‘llarning sifatini doimiy ravishda tekshiradi
O‘zbekistonda yo‘l qurilishini nazorat qiluvchi yangi vakolatli davlat organi tashkil etildi. U o‘z faoliyatini tashkil etishda hukumatga bo‘ysunadi, deb xabar qilmoqda Davlat avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.
Yangi inspeksiya yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, jihozlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda yuridik va xususiy shaxslarning bu boradagi me'yoriy hujjatlar talablariga qanchalik rioya etilishini nazorat qiladi.
Ularning vazifalaridan yana biri – yo‘l-qurilish materiallari, jihozlari va konstruksiyalarini standartlashtirish va sertifikatlashdir.
Bundan tashqari, inspektorlar qurilishi tugallangan yo‘l obektlarini qabul qilish komissiyalari ishida qatnashadi. Shuningdek, shaharsozlikning yo‘l qurilishiga doir qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishda bevosita ishtirok etadi va takliflar beradi.
Yo‘l inspeksiyasi 26 nafar davlat inspektoridan tashkil topadi, ular respublika bo‘ylab doimiy asosda yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilishadi.
Mavzuga oid
11:14 / 21.03.2026
Farmatsevtik inspeksiya xizmatlari uchun to‘lovlar tartibi belgilanadi
10:11 / 17.07.2025
Haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga pul talab qilgan inspektor ushlandi
07:49 / 19.03.2025
Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar lavozimlari IIVga o‘tkazildi
10:57 / 20.01.2025