Jahon | 13:14 / 08.04.2017
5614
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada hokimiyat uchun kurash fuqarolik urushiga olib keladimi?

Venesuelada hokimiyat uchun kurash hal qiluvchi bosqichga qarab kelmoqda, deb yozadi Regnum nashri. 

Mamlakat prezidenti Nikolas Maduro parlament deputatlari deputatlik daxlsizligi huquqini yo‘qotgani haqida ma'lum qildi. 29 mart kuni esa bu qaror Oliy sud Konstitutsiyaviy palatasi tomonidan tasdiqlandi.

Deputatlar qarordan norozi ekanliklarini bildirishdi hamda miting yig‘ishdi. Biroq norozilik namoyishlari vaqti oxirlab bormoqda, kun tartibida esa boshqa masala – bu mojaro davomida armiya kimning yonini oladi.

Amerika davlatlari tashkiloti ishtirokchi mamlakatlari deputatlariga murojaat mojaroni yangi bosqichga ko‘tarmoqda. Peru, AQSh, Braziliya va Argentinaning munosabati isyonchi deputatlarni qo‘llab-quvvatlashini namoyish etib berdi. Biroq bu xorda eng asosiy ovoz asli kelib chiqishi kubalik bo‘lgan va “Maduro diktaturasi” o‘rnatilishidan xavfsirayotgan amerikalik kongressmenlarga tegishli. Venesuela parlamentining Amerika davlatlari tashkilotiga murojaat qilishga urinishi prezident Maduroga xorijiy bosim darajasini oshiradi. Bu holatda esa davlat rahbari harbiy holatni kiritishi ham mumkin. Albatta, bunda uni armiya qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘ladi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid