Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda kartoshka 2200 so‘mdan sotilishi boshlandi
Andijon viloyatidagi bozorlar va savdo do‘konlarida mart oyi davomida kartoshka narxi keskin qimmatlashib ketgandi.
«Kun.uz» muxbiri Andijon bozorlarida bo‘ldi. Uning ma'lum qilishicha, eski shahar hududidagi «Markaziy bozor» hamda «Yangi bozor» rastalarida tadbirkorlar tomonidan Rossiya va qo‘shni davlatlardan olib kelingan kartoshka aholiga 2200 so‘m narxda sotilmoqda.

«Andijon shahridagi bozorlar va savdo do‘konlarida ham xuddi shu narxda kuniga 25 tonna, tumanlarda esa 5 tonnadan sifatli kartoshka keltirilib sotilyapti», deydi viloyat bozorlar uyushmasi vakili.
Viloyat hokimligi tashabbusi bilan amalga oshirilgan harakatlar tufayli barcha dehqon bozorlarida kartoshkaning narxi tushib bormoqda. Ushbu qulaylikdan aholi vakillari mamnunligini bildirishgan.
Mavzuga oid
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
21:51 / 08.05.2026
Andijonda mikroavtobusda 58 nafar bolani tashiyotgan haydovchi aniqlandi
09:26 / 01.05.2026