Jahon | 12:32 / 09.04.2017
16816
2 daqiqa o‘qiladi

«Tramp Suriyadagi aerodromga zarba bilan cheklanmaydi»

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli ma'lum qilib o‘tdiki, Suriyadagi ziddiyatni siyosiy yo‘l bilan hal qilish variantlarini ko‘rmayapti.

«Asad hukumat tepasida qolar ekan, Suriyadagi ziddiyatni siyosiy yo‘l bilan hal etish variantlari bo‘lmaydi. Agar siz uning harakatlariga kengroq rakursdan qarasangiz, Asad rahbarligidagi davlat tinch yashashi ilojsiz ekanini ko‘rasiz», — degan Heyli CNN uchun bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zarur bo‘lsa AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadagi aviabazalarni bombardimon qilishni davom ettiradi.

«Agar shunday qilish kerak bo‘lsa, u shunday qiladi», — deya qayd etgan diplomat.

Bundan oldinroq Heyli xonim BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda majlisi vaqtida Rossiya Damashq bilan munosabatlarini qaytadan ko‘rib chiqishi kerakligini ma'lum qilib o‘tgandi.

7 aprelga o‘tar kechasi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining O‘rta Yer dengizidagi ikki kemasi — USS Porter va USS Ross esminetslaridan Suriyaning Homs viloyatidagi Shayrat aerodromi tomon 59 ta «Tomagavk» qanoti raketalari uchirildi. Bu hujum AQSh Suriya hukumatini 4 aprel kuni Idlibda kimyoviy gaz qo‘llashda ayblashi ortidan amalga oshirildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid