Sport | 10:33 / 10.04.2017
52342
1 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonov "Paxtakor" jamoasi aksiyadoriga aylandi

Bugun "Paxtakor" klubida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda CA.

Ushbu yig‘ilishda Alisher Usmonov "Paxtakor" klubining yangi aksiyadori sifatida e'lon qilingan. 

Shuningdek MOQ vitse-prezidenti, O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Umid Axmadjanov "Paxtakor" klubining bosh direktori etib tayinlandi. 

Eslatib o‘tamiz, klub bosh direktori lavozimida bugunga qadar Rustam Ko‘paysinov ishlab kelayotgandi. 

Ma'lumot uchun, Alisher Usmonov ayni vaqtda Londonning «Arsenal» futbol klubi aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid