Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Suriyaga berilgan Amerika zarbalariga javob berish imkonini muhokama qiladi
Eron parlamenti raisi Ali Larijoniy parlamentning milliy xavfsizlik va tashqi siyosat bo‘yicha komissiyasiga AQShning Suriyaga bergan zarbalariga javoban diplomatik va siyosiy choralar ko‘rish ehtimolini muhokama qilish ko‘rsatmasini bergan. Bu haqda ISNA agentligi xabar qilmoqda.
Agentlikka ko‘ra, choralarni muhokama qilish zarurati parlament a'zolaridan biri mintaqadagi vaziyat yuzasidan Larijoniyga xabarnoma yuborgach oydinlashgan. "Hozirda biz AQShning Suriyaga zarba berishi bilan boshlangan fitnaga duch kelib turibmiz. Albatta, AQSh Obama davrida ham harbiy harakatlarni amalga oshirgan, biroq Tramp o‘zinining irqiy qarashlari bilan xalqaro konvensiyalarni buzdi", — deya deputat Hishmatulla Falahatpisha so‘zlarini keltiradi agentlik.
Larijoniy Falahatpisha fikrini ma'qullagan.
Avvalroq, Eron milliy xavfsizlik Oliy kengashi kotibi Ali Shamxoniy va mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy Suriyaning Idlib viloyatdagi kimyoviy qurol qo‘llanilishiga oydinlik kirituvchi mustaqil xalqaro komissiya tashkil etish zarurligini aytishgan edi.
Mavzuga oid
23:07
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
15:35
OAVda Eron va AQSh o‘rtasidagi kelishuv loyihasi matni e’lon qilindi
10:30