Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda uch oylik favqulodda vaziyat tartibi kiritilishi e'lon qilindi
Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy mamlakatda uch oylik favqulodda vaziyat tartibini kiritdi.
"Yaqin uch oyga favqulodda vaziyat tartibi e'lon qilinadi", deb aytdi as-Sisiy 9 aprelda mamlakatda sodir etilgan teraktlardan keyin xalqqa murojaatida.
Bundan tashqari, Misr rahbari Mudofaa milliy kengashi yig‘ilishi natijalariga ko‘ra terrorchilik bilan kurashuvchi Milliy kengash shakllantirilishini e'lon qildi.
9 aprelda Misrning Tanta va Iskandariya shaharlaridagi cherkovlarda portlashlar sodir etildi. Tantadagi bosh cherkovda sodir etilgan teraktda 31 kishi, Iskandariyadagi Avliyo Mark cherkovidagi portlashda esa 13 kishi halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:47 / 12.03.2026
Norvegiyada AQSh dipmissiyasi yonidagi teraktda gumon qilinganlar qo‘lga olindi
11:40 / 06.03.2026
O‘zbekiston va Misr gepatit C uchun dori vositalari ishlab chiqaradi
10:21 / 26.02.2026
Misrda vafot etgan o‘zbekistonlik fuqaroning jasadi vatanga qaytarildi
12:40 / 24.02.2026