Jahon | 23:00 / 10.04.2017
5056
1 daqiqa o‘qiladi

Skotlend-Yardni 187 yilda birinchi marta ayol kishi boshqaradi

56 yoshli Kressida Dik Skotlend-Yardning yangi rahbari etib tayinlandi. Bu haqida Business Standart nashri xabar berdi

Manbaga ko‘ra, Dik politsiya muassasasining 187 yillik faoliyatidagi birinchi ayol boshqaruvchi hisoblanadi.

"Bu ulkan mas'uliyat va ajoyib imkoniyat", - deydi u.

Dik o‘zining yangi lavozimida 43 mingdan ziyod ofitser va xodim uchun javob beradi. U 30 yillik tajribaga ega.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid