Jahon | 12:49 / 11.04.2017
36551
2 daqiqa o‘qiladi

Akbarjon Jalilov 2016 yilda Turkiyadan deportatsiya qilingandi

Sankt-Peterburg terakti ijrochiligida gumon qilingan Akbarjon Jalilov 2016 yilning dekabrida Turkiyadan deportatsiya qilingandi. Bu haqda Turkiyadagi Yeni Akit nashri xabar tarqatdi.

Jurnalistlar u 1 yildan ortiq vaqt davomida Turkiyada noqonuniy tarzda yashaganini aytishgan.

Jalilovning deportatsiyasi 2016 yil dekabrida tasdiqlangan, u Turkiyaga 2015 yilning noyabrida kelgani va bu yerda 13 oy davomida qolgani aniqlangan.

«2016 yilning dekabrida u mamlakatni Antaliya orqali tark etishga uringan. Shu vaqtda qo‘lga tushganida u mamlakatda muddatidan ortiq vaqt bo‘lib turgani ma'lum bo‘lgan. Unga yoki katta miqdordagi jarimani to‘lashni yoki deportatsiya qilinib, yaqin 5 yil ichida mamlakatga qaytib kelmaslik shartiga rozi bo‘lishni taklif etishgan. Jalilov ikkinchi variantni tanlagan. U Rossiyaga Turkiyadagi konsulxona orqali qaytib ketgan», — deyilgan RBK xabarida.

4 aprel kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi 22 yoshli Akbarjon Jalilovni Sankt-Peterburg terakti ijrochisi sifatida ma'lum qildi.

Peterburg metropolitenidagi portlash 3 aprel kuni sodir bo‘lgan va 14 kishi halok bo‘lib, 51 kishi jarohatlangandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid