Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi ishdan haydaldi
Foto:EPA
Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Edgardo Bausa iste'foga chiqarildi. Bu haqda Argentina futbol assotsiatsiyasi rahbari Klaudio Tapiya ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Fox Sports.
"Biz Edgardo Bausa bundan buyon futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi emasligini tasdiqlaymiz", - dedi Tapiya.
2016 yilning avgustida mutaxassis bu lavozimda Amerika kubogi finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng ishdan ketgan Xerardo Martino o‘rnini egallagandi. Avvalroq Bausa Braziliyaning "San-Paulu", Argentinaning "San-Lorenso" va boshqa jamoalarni boshqargan. O‘z murabbiylik faoliyatida ikki bora Libertadores kubogida zafar quchgan ("LDU Kito" – 2008 va "San-Lorenso" - 2014).
59 yoshli mutaxassis qo‘l ostida argentinaliklar JCh 2018 saralashida sakkiz o‘yin o‘tkazdi, ularda uchta g‘alaba, uch mag‘lubiyat va ikki durang natija qayd etildi. Argentina saralash turnir jadvalida 14 o‘yinda 22 ochko jamg‘argan holda beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid
17:24 / 08.12.2025
Xitoy dunyodagi eng uzoq aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi
07:20 / 06.12.2025
Rossiya–Qozog‘iston, Argentina–Chili: dunyodagi eng uzun chegaralar ro‘yxati
18:44 / 29.10.2025
Argentina banki Maradona goli tasvirlangan tangani chiqardi
12:04 / 27.10.2025