Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT hisoboti: Suriyada kamida 26 kimyoviy hujum amalga oshirilgan
BMT inspektorlari Suriyada 2013 yildan buyon 26 kimyoviy hujumni qayd etishgan. "Bularning 20 tasi uchun Bashar Asad rejimi javobgar. Qolgan hujumlar tashkilotchilari esa aniqlanmagan". Suriyadagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha Xalqaro mustaqil komissiya bayonotiga asoslangan "Anadolu" agentligi shu haqida xabar berdi.
BMTning Jyenevadagi idorasi bayonotida Suriyada kimyoviy qurolni qo‘llash orqali amalga oshirilgan hujumlar ro‘yxati chop etildi.
Manbaga ko‘ra, 2013 (5 marta), 2014 (8), 2016 (11) va 2017 (2) yillarda taqiqlangan qurol qo‘llangan hujumlar qayd etilgan.
BMTda ta'kidlanishicha, kimyoviy hujumlar soni bundan-da ko‘p bo‘lishi mumkin.
"Anadolu"ning ma'lum qilishicha, joriy yilning 4 aprel kuni Asad rejimi tomonidan kimyoviy qurolning qo‘llanilishi natijasida Idlib provinsiyasidagi Xan Shayxun shaharchasida 100 dan ziyod tinch aholi halok bo‘lgan, 500 kishi jarohat olgan, bularning aksariyatini bolalar tashkil qilgan.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026