Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Turkiya Suriyani terrorchilarga topshirib qo‘ymaydi
Turk xalqi Tall-Abyad, Jarablus, Rasulayn, Xaseke, Raqqada yashovchi suriyalik qardoshlarini o‘zi bilan teng ko‘radi. Shu bois Turkiya bu hududlarni terrorchilar qo‘liga topshirib qo‘ymaydi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Shonliurfa provinsiyasida so‘zlagan nutqida shunday bayonot bilan chiqdi. "Anadolu" nashri shu haqida xabar berdi.
"Biz hech bir terrorchi tashkilotning Turkiya chegaralarida o‘z bayrog‘ini osishiga yo‘l qo‘ymaymiz", - deya ta'kidladi Erdo‘g‘an.
Prezident "Frot qalqoni" operatsiyasi davomida Turkiya harbiy kuchlarining 67 nafar xizmatchisi hamda Suriya ozodlik armiyasining 500 dan ziyod harbiysi halok bo‘lganini ma'lum qildi.
"Bu biz so‘nggi ming yilda keltirgan oxirgi qurbonlar edi. Bizning chegara shaharlarimiz terrorchilardan tozalanmas ekan, ushbu operatsiyalar davom etaveradi", - dedi Turkiya davlat rahbari.
Mavzuga oid
19:30 / 21.01.2026
Suriyada kurdlar muxtoriyati tugatildi
15:22 / 19.01.2026
Germaniyada Suriya rahbari ash-Shar’aning tashrifiga qarshi aksiyalar o‘tkaziladi
10:40 / 19.01.2026
Suriya hukumati va kurdlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzoladi
17:30 / 18.01.2026