G7 davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha qanday qarorga keldi
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Eyro Lukkadagi “Katta yettilik” davlatlari TIV rahbarlari uchrashuvida Rossiya va Suriyaga nisbatan sanksiyalar haqida qaror qabul qilinmaganini ma'lum qildi. Bu haqda Reyter agentligi ma'lum qildi.
Blumberg agentligi ma'lumotiga ko‘ra esa, Moskvaga nisbatan cheklovlarni kengaytirish masalasi umuman muhokama etilmagan.
Eyro G7 barcha davlatlari Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakat kelajagining bir qismi bo‘lishi mumkin emas, degan fikrda ekanini ta'kidlab o‘tdi. Shuningdek Fransiya TIV rahbarining qayd etishicha, Suriyadagi mojaroni hal qilishga qo‘yilgan birinchi qadam – bu o‘t ochishni to‘xtatish bo‘lishi kerak.
Avvalroq Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson uchrashuvda Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishni talab qilmoqchi ekani haqida ma'lum qilgandi. Sun’ning yozishicha, britaniyalik vazir G7 Idlibdagi kimyoviy hujumdan so‘ng qo‘shma bayonot e'lon qilishini xohlamoqda. Unga ko‘ra, Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashni bas qilishi hamda mamlakatdan qo‘shinlarni olib chiqib ketishi kerak bo‘ladi. Moskva rad javob bersa, Ukraina bilan bog‘liq hodisalar tufayli kiritilgan sanksiyalar ro‘yxatiga yangilari qo‘shiladi, deb ta'kidlaydi gazeta.
Suriya muxolifati 4 aprel kuni Xan-Sheyxun shahrida kimyoviy qurol ishlatilgan holda amalga oshirilgan hujum natijasida 80 kishi halok bo‘lgani va 200dan ortiq inson jabrlanganini ma'lum qildi. Vashington va uning koalitsiya bo‘yicha ittifoqchilari bunda Damashqni ayblashdi.
Mavzuga oid
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53 / 25.12.2024
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54 / 25.12.2024